Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tezlikni 60 km/soat etib belgilash taklifi hali ham kuchda

Toshkentda tezlikni 60 km/soat etib belgilash taklifi hali ham kuchda

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini soatiga 60 kilometrgacha kamaytirish yuzasidan kiritilgan taklif Kengash tomonidan rad etilganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2022-yil 16-sentyabrdagi yetmishinchi sessiyasi kun tartibida Toshkent shahar IIBB YHXBning Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini soatiga 60 kilometrgacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqilgan.

Unda deputatlar tomonidan yuqorida kiritilgan taklifni muhokama qilish jarayonida aloqador idora va tashkilotlar bilan birgalikda har tomonlama va chuqur o‘rganish zarurligi, bunda Toshkent shahar ko‘cha va yo‘l tarmog‘i, aholining harakatlanish oqimlari yo‘nalishlarini va shu kabi bir qator omillarni hisobga olish zarurligi bildirilgan.

Yakunda esa bayon etilganlardan kelib chiqib, deputatlar tomonidan mazkur taklif rad etilmagan bo‘lib, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga qayta kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring