Toshkentda suv va kanalizatsiya narxi oshishi kutilmoqda
Suv ta’minoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ.
Qayd etilishicha, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m, oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.
«Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib, suv va kanalizatsiya narxlari oshirilishi sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter