Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Spark» odam urib yubordi

Toshkentda «Spark» odam urib yubordi

Joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 17.00 da 2002 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 20 C 625 DA bo‘lgan «Spark» rusumli avtoulovni Mustaqillik shox ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotganda, yo‘lni begilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda 1986 yilda tug‘ilgan B.N.ni urib yuborgan.

Natijada piyoda olgan tan jarohatlari bilan RShTYoIM Toshkent viloyati filialiga «qo‘shma shikastlanish, 3–bo‘yin umurtqasi yopiq sinishi» kabi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring