Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurilish qilayotgan tadbirkor 10 tup daraxtning «boshini yedi»

Toshkentda qurilish qilayotgan tadbirkor 10 tup daraxtning «boshini yedi»

Toshkent shahrida qurilish olib borayotgan «ASCENDANT GROUP» MChJ daraxt va butalarga shikast yetkazish oqibatida tabiatga 248 million 94 ming so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, poytaxtda qurilish olib borayotgan «ASCENDANT GROUP» MChJ daraxt va butalarga shikast yetkazish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Qurilish maydonidagi jami 30 tup daraxt xatlovdan o‘tkazilgan.

Shunga qaramay qurilish ishlarini olib borish jarayonida qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan.

Aniqlashicha, hududdagi 3 tup o‘rik, 2 tup gilos, 1 tup xurmo daraxtlari hamda 3 tup chinor, 1 tup shumtol daraxtlari o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikastlantirilgan. Buning oqibatda tabiatga 248 million 94 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring