Toshkentda qo‘shni davlat fuqarolari o‘zbekistonlik sheriklari bilan qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi hamda 1 nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari ushlandi.
Qayd etilishicha, ulardan 12 kg 800 gr. «opiy» va 27 kg 50 gr. «gashish» narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir davomida mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga urinishgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu giyohvandlik vositalari mamlakatimiz hududi orqali boshqa davlatga olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter