Toshkentda qiz talashib, bir yigit halok bo‘ldi
Kecha, 3 fevral kuni soat taxminan 23:40 Mirobod tumanida joylashgan Sarikul ko‘chasida sodir bo‘lgan janjal mudhish yakun topdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ilgari sudlangan 22 yoshli Sulaymon S. va 19 yoshli Sergey F. bir qiz ustida talashib janjallashib qoladi. Shunda Sergey janjalda yordam so‘rab o‘rtoqlari 21 yoshli Serikbay K. va 16 yoshli Temur M.ni chaqiradi. Janjal natijasida Sulaymon S. Temurga pichoq urib voqea joyidan qochib ketadi. Tan jarohati olgan Temur M. shifoxonaga olib boriladi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, yigit vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter