«Oltin Humo» milliy kinotaqdimotida eng yaxshi o‘zbek filmi aniqlandi (foto)
Joriy yilning 10 aprel kuni «Turkiston» san’at saroyida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining «Oltin Humo» milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda 2017-2018 yilda suratga olingan filmlar ustida ishlagan ijodkorlar 15 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi.
Dastur avvalida O‘zbekistonda kino san’atining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan marhum ijodkorlar yodga olindi hamda yoshi ulug‘ kinoijodkorlarga «Oltin Humo» mukofoti taqdim etildi.
Kinotaqdimotda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
Eng yaxshi hujjatli film:
- «Komiljon Otaniyozov»
- «Said Rizo Alizoda»
- «Yagona osmon ostida»
- «Ikki elning suyukli farzandi» (g‘olib)
- «O‘tmishimiz ko‘zgusi»
Eng yaxshi animatsion film:
- «Hayot daryosi»
- «Dovyurak oshpaz» (g‘olib)
- «G‘ildirakli uy»
- «Avtosarguzashtlar»
Eng yaxshi dizayner:
- Nina Dobrina – «Elparvar»
Eng yaxshi rassom ishi:
- Akmal Saidov – «Elparvar»
Eng yaxshi kompyuter grafikasi ishi:
- Laziz G‘aniyev – «Elparvar»
Eng yaxshi ovoz rejissyori:
- Anvar Fayzullayev – «Sabot»
- Konstantin Filonov – «Elparvar»
- Dmitriy Timonov – «Maqsad»
- Anvar Fayzullayev – «Tinchlik ortida»
- Aziz Yo‘ldoshev – «Asal oyi»
Eng yaxshi operatorlik ishi:
- Rustam Murodov – «Elparvar»
Eng yaxshi montaj ustasi:
- Qudratillo Dadajonov
Eng yaxshi kino bastakori:
- «Omnibus» ansambli – «Elparvar»
Eng yaxshi ssenariy:
- Kenes Karimov – «Sarvqomat dilbarim»
- Erkin A’zam va Yolqin To‘ychiyev – «Elparvar»
- Faxriddin Nizomov va Jaxongir Qosimov – «Nazira»
- Umid Hamdamov – «Issiq non» (g‘olib)
- Rashid Malikov – «Sabot»
Eng yaxshi rejissyorlik ishi:
- Sarvar Karimov – «Sarvqomat dilbarim»
- Abduvohid G‘aniyev – «Elparvar»
- Umid Hamdamov – «Issiq non»
- Rashid Malikov – «Sabot» (g‘olib)
- Jaxongir Qosimov – «Nazira»
Eng yaxshi ayol roli:
- Zarina Ergasheva – «Issiq non»
- Shodiya Abduqodirova – «Nazira»
- Muyassar Berdiqulova – «Nazira» (g‘olib)
- Madina Talipbek – «Sarvqomat dilbarim»
- Yulduz Rajabova – «Hamrox»
Eng yaxshi erkak roli:
- Adiz Rajabov – «Sarvqomat dilbarim»
- Karim Mirxodiyev – «Sabot» (g‘olib)
- Abdug‘ofur Isaxonov – «Elparvar»
- Javohir Zokirov – «Vasiyat»
- Ulug‘bek Qodirov – «Islomxo‘ja»
Tomoshabin mehrini qozongan film:
- «Asal oyi»
- «Vasiyat» (g‘olib)
- «Maqsad»
- «Hamrox»
- «Qotillar o‘yini»
Eng yaxshi film:
- «Elparvar»
- «Issiq non» (g‘olib)
- «Islomxo‘ja»
- «Sabot»
- «Nazira»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter