O‘zbekistonda yangi kinomukofot joriy qilindi
2019-yilning 10-aprel kuni «O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi» NNT, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, «Milliy» telekanali hamkorligida «Oltin humo» kinotaqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu anjumanni an’anaviy tarzda har yili ijodiy ishlarning yillik sarhisobiga muvofiq, 10 aprel kuni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Kinotaqdimot g‘oliblari «O‘zbek kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun» «OLTIN HUMO» maxsus mukofoti bilan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:
- Eng yaxshi hujjatli film;
- Eng yaxshi animatsion film;
- Eng yaxshi grafika ishi;
- Eng yaxshi ovoz rejissyori;
- Eng yaxshi montaj ishi;
- Eng yaxshi grim rassomi;
- Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom ishi;
- Eng yaxshi rassom ishi;
- Eng yaxshi kino bastakori;
- Tomoshabinlar mehrini qozongan film;
- Eng yaxshi operatorlik ishi;
- Eng yaxshi ssenariy;
- Eng yaxshi rejissyorlik ishi;
- Eng yaxshi erkak roli uchun;
- Eng yaxshi ayol roli uchun;
- Eng yaxshi film.
Kinotaqdimotda 2017-yilning 1-yanvaridan 2018-yil 31-dekabrga qadar premerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli badiiy, xujjatli, animatsion kinofilmlari qatnashishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter