Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mercedes-Benz»da harakat vaqtida yong‘in chiqdi

«Mercedes-Benz»da harakat vaqtida yong‘in chiqdi

Bugun, 26 noyabr kuni soat 15:02 da Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani M.Ulug‘bek ko‘chasida ekspress yo‘nalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan «Mercedes-Benz» rusumli avtobusda yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan  2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan vaqtda yong‘in haydovchi tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali bartaraf etilgani ma’lum bo‘lgan.

Yong‘in natijasida avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring