Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mas’ullar 620,7 mln so‘mni «tuya qildi»

Toshkentda mas’ullar 620,7 mln so‘mni «tuya qildi»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi «M.X.» uy-joy mulkdorlari shirkati mas’ul shaxslari 2019-2021- yillarda 8 ta ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan majburiy badal uchun to‘langan jami 620,7 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring