Toshkentda «Lacetti» olti nafar piyodani urib yubordi, ikki kishi vafot etdi
4-dekabr kuni Toshkentning Uchtepa tumani, Farxod ko‘chasisida 1996-yilda tug‘ilgan R.I. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ya’ni, u 1982-y.t. A.A. boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yuborgan, so‘ng yo‘l chetida harakatsiz turgan 1995-y.t. M.V. boshqaruvidagi «Matiz» bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida «Lacetti» haydovchisi hamda to‘rt nafar piyoda (1974-y.t. N.S., 1986-y.t. M.U., 1987-y.t. Yu.Sh., 1994 y.t. E.M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan RShTYoIMga yotqizilgan.
Ikki nafar piyoda (1960-y.t. Q.X., 1982-y.t. G.F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasining sababi «Lacetti» haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter