Toshkentda «kriminal»larga qarshi reyd boshlangani ma’lum qilindi
Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtimiz hududida jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda», deyiladi IIBB xabarida.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan yirik operatsiya davomida turli jinoiy guruhlarning yuzlab oddiy va yuqori martabali a’zolari, jumladan, «kriminal avtoritet»lar qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter