Toshkentda karantin 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. U berilgan savollarga javob qaytardi.
– Toshkent shahrida karantin 2 kundan keyin tugaydi degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu nechog‘lik haqiqatga yaqin?
– Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, Toshkent shahrida karantin ikki kundan keyin tugaydi degan xabarlar asossiz.
Karantinni o‘rnatish va uni bekor qilish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati hisoblanadi.
Ushbu komissiyaning rasmiy ma’lumotidan tashqari, tarqatilgan barcha turdagi ma’lumotlarga aslo ishonish kerak emas.
Ularning ma’lumotiga ishonsangiz va karantin talablarini buzsangiz, demak Siz qoidalarni buzganlikda ayblanasiz va ma’muriy javobgarlikga (jarimaga) tortilishingiz mumkin.
Jinoyat kodeksining 244 (prim 5)-moddasiga muvofiq, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak, – deydi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter