Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Hayit kuni masjidlarga olib borish uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentda Hayit kuni masjidlarga olib borish uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayit bayrami kuni Toshkent shahrida 151 ta avtobus yo‘nalishlariga jami 1060 ta avtobus ishga chiqarilib, avtobus yo‘nalishlarining faoliyati soat 4:00 dan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan masjidlarga kelib ketishda poytaxtimiz aholisiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan 100 ga yaqin masjidlarga soat 03:00 dan, soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishlarga 160 dona avtobuslar chiqarilishi belgilan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi jome masjidlarda shu yil 28 iyun kuni ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring