Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Saidov bugun, 29-aprel kuni Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelek xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

«Elchixonaning ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildik», – deb yozadi Baxtiyor Saidov elchi xonimga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilab.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring