Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilyapti

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilyapti

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi shtat jadvaliga mehnatga haq to‘lash fondini tegishli ravishda o‘zgartirgan holdi, birinchi kotib – O‘zbekiston IIV vakili qo‘shimcha lavozimi kiritilyapti.

Joriy yil 13-dekabr kuni qabul qilingan Prezidentning PQ-434-son qaroriga ko‘ra, bu O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish, shuningdek, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashash masalalarida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida ishlab chiqilgan.

Elchixonadagi vakilning asosiy vazifalari – ikki mamlakat IIVlarining jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi hamkorligini yanada kuchaytirish, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro ma’lumot almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda, asosiysi, jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari bo‘yicha og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi.

Vakil O‘zbekiston IIV vaziri tomonidan tayinlanadi va faoliyati bo‘yicha vazirlikka bo‘ysunadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring