Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir qancha avtobus yo‘nalishlari uch kunga o‘zgartiriladi

Toshkentda bir qancha avtobus yo‘nalishlari uch kunga o‘zgartiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi sababli bir qancha avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Islom Karimov ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun to‘liq yopilishi sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 51-son avtobus harakati I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali o‘tadi.

Shuningdek, 141-sonli yo‘nalish harakati Qoratosh ko‘chasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi. 196-sonli yo‘nalish harakati Afrosiyob ko‘chasidan Beshyog‘och, Furqat, A.Navoiy ko‘chalari orqali o‘tadi.

Shu bilan birga, ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik cheklanishi sababli, quyidagi yo‘nalishlarda oraliq interval vaqti o‘zgarishi mumkin:

- Bobur ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarida;

- Nukus ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yo‘nalishlarda;

- Oybek ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yo‘nalishlarda;

- Afrosiyob ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yo‘nalishlarda;

- Sh.Rashidov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yo‘nalishlarda;

- I.Karimov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yo‘nalishlarda;

- A.Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yo‘nalishlarda.

Aeroportga borishni rejalashtirgan fuqarolardan vaqtinchalik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yo‘lga chiqish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari, 8 noyabrdan 10 noyabrgacha Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakatlanishi cheklanadi, yuk mashinalari uchun esa shahar ichiga kirish taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring