Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol kishini «shantaj» qilib, 50 ming dollar talab qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda ayol kishini «shantaj» qilib, 50 ming dollar talab qilgan erkak qo‘lga olindi

Foto: «News.yandex.ru»

Toshkentlik B. S. (erkak) ayol kishiga nisbatan tovlamachilik qilib, 50 ming AQSh dollari talab qildi. Biroq niyatiga yetolmadi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, erkak ayolning yarim yalong‘och holda raqsga tushgani aks etgan video-lavhani qo‘lga kiritadi va uni internetda tarqatvorish bilan tahdid qilib, undan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

Ayol ham anoyi emas. Tovlamachining talabiga go‘yoki rozilik bildirgach, tegishli organga murojaat qiladi. Natijada mahkama huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda erkak talab qilgan puldan 6500 AQSh dollari olayotgan paytda osonlik bilan qo‘lga tushadi.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan tovlamachilik (165-modda) alomatlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari jadal olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring