Namanganda shantaj orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan «shovvoz» qo‘lga tushdi
Namanganda voyaga yetmagan qizni fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan 1 million so‘m talab qilgan bola qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 13 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan tanishi arizachining pornografik fotosuratlarini «Instagram» ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1 million so‘m pul talab qilayotganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Joriy yilning 14 iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, arizada nomi keltirilgan shaxs arizachidan Uchqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasi hududida 750.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter