Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda shantaj orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan «shovvoz» qo‘lga tushdi

Buxoroda shantaj orqali pul ishlamoqchi bo‘lgan «shovvoz» qo‘lga tushdi

Buxorolik 19 yoshli talaba ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, noma’lum profil egasi Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 35 yoshli ayolning «Telegram» messenjeridagi fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, ayolga behayo fotosuratlari borligini aytib, ushbu behayo fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilish bilan uni qo‘rqitgan. So‘ng suratlarni tarqamaslik uchun ayoldan 200 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Shundan so‘ng ayol Kiberxavfsizlik bo‘linmalariga ariza bilan murojaat qilgan.

Tezkor tadbir davomida tovlamachi talaba  2.500.000 so‘m pullarni ayoldan olayotgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring