Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayanchli hodisa: ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Toshkentda ayanchli hodisa: ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ayol va uning ikki qizi halok bo‘ldi.

«Daryo» nashrining xabar berishicha, voqea Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida 18 dekabr kuni yuz bergan, holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yong‘in oqibatida 28 yoshli ayol hamda 8 va 5 yoshdagi ikki qiz vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yong‘in haqida FVV va FVB hozircha hech qanday ma’lumot e’lon qilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring