Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobuslarga videokameralar o‘rnatish boshlandi

Toshkentda avtobuslarga videokameralar o‘rnatish boshlandi

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan avtobuslarga video kuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabarida aytiladi. 

Dastlabki kuzatuv kameralari «2 Avtobus saroyi» MChJ tasarrufidagi 5 ta 24-yo‘nalish avtobuslariga o‘rnatildi. Video kuzatuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash deya ko‘rsatilgan.

Xabarda aytilishicha, jamoat transporti monitoringi quyidagi dolzarb vaziyatlarni hal etishda yordam beradi:

• Jinoyat va terrorchilik harakatlarini oldini olish;

• Jamoat transportini boshqarishga mas’ul shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash;

• Fuqarolar hayoti va mulkini jinoiy omillar ta’siridan himoya qilish;

Shu bilan birga video kuzatuv tizimining asosiy vazifalaridan biri yo‘l-harakati xavfsizligi sifatini yaxshilashdir. Video kuzatuvdan foydalanish shubhali buyumlar, shubhali shaxslar, avtobus jihozlariga zarar yetkazish holatlari, yo‘lovchilar qatnovi hisobini yuritish, avtohalokat hodisalarida munozarali holatlarga aniqlik kiritish va aybdor shaxslarni aniqlash (ko‘p hollarda avtobus haydovchisining aybsizligini isbotlash) va hokazo holatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi.

«Toshshahartransxizmat» AJ yil oxirigacha barcha yo‘nalishlar avtobuslarida video kuzatuv kameralarini o‘rnatishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring