Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aeroport yo‘lida qurilayotgan ko‘prik to‘sinlari qulab tushdi

Toshkentda aeroport yo‘lida qurilayotgan ko‘prik to‘sinlari qulab tushdi

Kecha, 2023-yil 12-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro aeroportga olib boruvchi yo‘l ustiga qurilayotgan ko‘prik to‘sinlarining poyezd qatnovi ta’sirida qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimiyati «Yagona buyurtmachi xizmati» IK buyurtmachiligida «Ko‘prikqurilish» tresti UK tomonidan amalga oshirilayotgan «Toshkent shahar Yakkasaroy tumani «Bobur» ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»ga olib boruvchi va «Sodiq Tolipov» ko‘chasiga chiqish va tushishga imkon beruvchi yo‘l o‘tkazgichni zamonaviy qurilish standartlari asosida qayta qurish» ob’yektida, temir-beton oraliq qurilmalarini (balka) kran yordamida montaj qilish jarayonida, ehtiyotsizlik oqibatida bir-biriga urilib, 5 dona balka montaj joyidan tushib ketgan.

«Balkalar asosiy yo‘l emas, balki vagon deposiga tegishli shoxobcha yo‘lga tushgan bo‘lib, poyezdlar qatnoviga umuman aloqasi yo‘q. Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, tekshirishlar natijasida qo‘shimcha ravishda batafsil ma’lumot beriladi», – deyiladi rasmiy xabarda. https://t.me/uzrailways_uz/4763

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring