Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 70 ming dollardan ziyod qalbaki pullar «ushlandi» (video)

Toshkentda 70 ming dollardan ziyod qalbaki pullar «ushlandi» (video)

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

Xususan, tezkor Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1994 va 2002 yillarda tug‘ilgan shaxslar har bir qalbaki AQSh dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18 800 AQSh dollarini 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, ulardan qo‘shimcha qalbaki 9 500 AQSh dollari ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxs qalbaki 20 ming AQSh dollarini haqiqiy 14 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan ham qalbaki 400 AQSh dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davomida, voqea joyiga birga kelgan uning sherigi – Oltiariq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida ham qalbaki 10 500 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 22 900 AQSh dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Andijon viloyatida yashovchi, 1980 va 1999 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs har bir qalbaki 100 AQSh dollarini haqiqiy 40 AQSh dollaridan hisoblab, xaridorga qalbaki 20 000 AQSh dollarini haqiqiy 8 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring