Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 350 mln so‘mlik pirotexnika vositasi musodara qilindi

Toshkentda 350 mln so‘mlik pirotexnika vositasi musodara qilindi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Jarayonda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 108 dona mushakni qabul qilib, o‘zi boshqaruvidagi Spark mashinasiga yuklayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Tezkor tadbir poytaxtning Yunusobod tumanida davom ettirilgan: fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham 12 nomdagi 1382 dona mushak saqlanayotgani aniqlangan. Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, qonunbuzar shaxs pirotexnika vositalarini asosan elektron tijorat platformalari orqali mijozlarga pullab kelgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

«Mazkur holatda qiymati 350 mln so‘mlik jami 1490 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda», deyiladi xabarda.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bojxona organlari tomonidan aniqlangan 85 ta holatda qiymati salkam 2,2 mlrd so‘mlik 1 mln 951 ming dona pirotexnika vositasining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring