Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 26 tup sog‘lom daraxtni kesgan “daraxtkesar”ga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshkentda 26 tup sog‘lom daraxtni kesgan “daraxtkesar”ga nisbatan jinoiy ish ochildi

Joriy yilning 28-may kuni kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sobiq 171-umumta’lim maktabi hududida  26 tup Gledichiya navli manzarali daraxtlar kesilgani aniqlangan.

Tuman hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, daraxtlar shu hududda fuqaro Anatoliy Strashko tomonidan kesilgani aniqlangan.

Uning bu ishni maktabni o‘rab turuvchi panjaraga tutash bo‘lgan garajlardan oshib tushib, amalga oshirgani kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Hozirda daraxtlarga ziyon yetkazgan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan zarar miqdori 312 mln 180 ming so‘m miqdorida hisoblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring