Toshkentda 20 ming dollarni o‘g‘irlagan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning aytishicha, noma’lum shaxs uning xonadoniga kirgan. Uydan 20 ming AQSh dollari, 8 million so‘mdan ortiq pul va zargarlik buyumlari yo‘qolgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari dalillarni o‘rganib, gumondorning oldiga borishdi, u tez orada qo‘lga olindi. Xodimlar pul va boshqa aksessuarlarni olib qo‘yishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Erkak 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter