Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 12 bosh qo‘yni sotib olgan shaxs qalbaki dollar berib ketdi

Toshkentda 12 bosh qo‘yni sotib olgan shaxs qalbaki dollar berib ketdi

Foto: IIBB.uz

14-dekabr kuni Mirobod tumani IIO FMBga 43 yoshli U.M.dan arz tushdi. Aytishicha, uning 12 bosh qo‘yini sotib olgan odam qalbaki dollar berib aldab ketgan.

Arzchiga ko‘a, voqea 5-dekabr kuni taxminan soat 18:30 da «Qo‘yliq ota» qabristoni yonida yuz bergan. Ilhom ismli noma’lum shaxs undan 12 bosh qo‘y sotib olib, evaziga 2 200 AQSh dollari bergan. Qo‘y sotuvchi 22 dona 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni olib bo‘lganidan so‘ng, ularning haqiqiyligiga shubha qilgan.

Ushbu kupyuralar, tayyorlanish usulini aniqlash uchun, Toshkent shahar IIBB EKMga topshirilgan. Mutaxassislar barcha 100 dollarlik kupyuralar rangli printer yordamida ishlab chiqarilgan deya xulosa berishgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring