Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalbaki pullarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qalbaki pullarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, «Yuqori yuz»MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 AQSh dollarini fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.Z. va boshqalar tadbirkor Sh.N.ning «Bunyodkor» MFY hududidagi savdo do‘konidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qalbaki 100 ming so‘mlik kupyurani bergan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln so‘m qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring