Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida «DOK-1 MAKS» dorisidan 9 bola zaharlangani aytildi

Toshkent viloyatida «DOK-1 MAKS» dorisidan 9 bola zaharlangani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyatida (O‘rtasaroyda) «Dok-1 Maks» dori vositasini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi», degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

«Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga «DOK-1 MAKS siropi» iste’moli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari  sog‘ayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida shu paytgacha «DOK-1 MAKS» preparatidan zaharlanish tufayli o‘lim holati kuzatilmagan», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilib, «Quramax» kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan dori vositalari yig‘ishtirib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring