Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi sobiq rahbari qamoqqa olindi

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi sobiq rahbari qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari qamoqqa olingani haqida xabar tarqalgan.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jinoyat ishi doirasida, 2021 yil 21 may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘iga JKning 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring