Toshkent viloyati ikkiga bo‘linadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishini tanqidiy ruhda boshladi. Prezident yig‘ilishda Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishini ma’lum qilib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, ayni vaqtda davom etayotgan yig‘ilishda kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi va qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda.
Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidladi.
– Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik, – dedi Prezident.
«Xabar.uz» sayti yangiliklar jarayonini kuzatib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter