Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent supermarketlarida pomidor, banan va sut keskin qimmatladi

Toshkent supermarketlarida pomidor, banan va sut keskin qimmatladi

Foto: Xabar.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning oktyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 8 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi (Tahlil 7-sentyabr va 12-oktyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi).

Shunday qilib, oq karamning narxi 61,5 foiz, olmaning narxi 15,4 foiz, sariq piyozning narxi 10,3 foiz, makaronning narxi 4,7 foiz, mol go‘shtining (file) narxi 4,6 foiz, o‘simlik moyining narxi 3,1 foiz, limonning narxi 1,6 foiz, bodringning narxi 1,3 foiz pasaygan.

Guruch, shakar va margarinning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan.

10 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Uning eng past narxi 5950 so‘mdan 9990 so‘mga ko‘tarildi. Banan va sut narxi ham sezilarli darajada oshgan: ularning narxi mos ravishda 3000 so‘mga va 2110 so‘mga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring