Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda: Davlat soliq qo‘mitasi izoh berdi

Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda: Davlat soliq qo‘mitasi izoh berdi

Foto:Davlat soliq qo‘mitasi

Soliq tizimidagi keng ko‘lamli islohotlar davrida qonun ustuvorligiga rioya etgan holda, insofli soliq to‘lovchilar uchun teng raqobat sharoitini yaratish va yashirin faoliyat yuritayotgan sub’yektlarni aniqlash maqsadida 2019-yil 18-20-yanvar kunlari Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi. 

«Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Toshkent shahridagi chiqish postlarida olib borayotgan profilaktik tadbirlari bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritish uchun Rohat va Chilonzor postlarida bo‘ldik», deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tadbirlarda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining navbatchiligi tashkil etilib, ularga 43 nafar malakali xodimlar jalb qilingan.

Profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi esa yuk tashib o‘tayotgan avtotransport vositalari haydovchilari uchun qonuniy ishlashning ustunliklarini tushuntirish, tovarlarning harakatini monitoring qilishdan iborat.

Tadbir davomida navbatchilikka jalb etilgan xodimlar tomonidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlari yordamida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, transport vositalari harakatiga xalaqit bermasdan, olib o‘tilayotgan yuklarning yo‘l hujjatlari tekshirilib, ulardan nusxa (elektron suratga) olinmoqda.

Yuklarni sanoqdan o‘tkazish yoki yuk xatiga to‘g‘ri kelishini tekshirish, mahsulotlarni olib qo‘yish qat’iyan man etilgan.

Foto:Davlat soliq qo‘mitasi

Tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, kelgusida soliq qonunchiligi talablari buzilishining oldini olish, ma’muriy xarajatlarni kamaytirish maqsadida har bir davlat soliq inspektorlariga soliq tartibi o‘zgargan 10 ta soliq to‘lovchilar uchun bittadan xodim biriktirilib, ular bilan manzilli ish olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar jarayonida soliqlarini vaqtida to‘lab, qonun normalariga rioya etayotgan insofli soliq to‘lovchilar, bozordagi teng raqobat muhitiga hujjatsiz mahsulotlarini sotib, soliqlarini to‘lamay ishlayotgan, qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar salbiy ta’sir ko‘rsatayotganliklarini qayd etmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyati uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligini eslatib o‘tadi.​

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring