Tailandda kriptovalyutalar daromad solig‘idan ozod qilindi

Tailandda raqamli valyutalar bo‘yicha amaliyotlar besh yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilindi. Bu haqda mamlakat moliya vazirining o‘rinbosari Julapun Amornvivat bayonot berdi.
Soliqdan ozod bo‘lish uchun asosiy shart — kriptovalyutalar ishtirokidagi oldi-sotdilarni Tailand qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasi litsenziyasiga ega mahalliy brokerlar va savdo platformalari orqali amalga oshirishdir.
Soliq imtiyozidan ko‘zlangan maqsad bozor shaffofligini oshirish va intizomli ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashdir, dedi Amornvivat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter