Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universtiteti xalqaro sifat sertifikatini oldi

Toshkent shahridagi Inha universtiteti xalqaro sifat sertifikatini oldi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universtitetida sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti va O‘z DSt ISO 9001:2015 milliy standarti talablariga muvofiqligi sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sifat menejmenti tizimi sertifikati ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq Germaniyaning TÜV Thüringen sertifikatlashtirish idorasining rasmiy hamkori bo‘lgan «SERT Management» xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlash organi tomonidan amalga oshirildi.

«SERT Management» MChJ direktori Riad Ibragimov Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolovga sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.

ISO 9000 seriyali standartlariga muvofiq sifat menejmenti tizimi sertifikatining mavjudligi ta’lim muassasasining yuqori maqomini rasman tasdiqlash, reyting ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

«Universitetning ushbu sertifikatni olishi ta’lim sifatini yanada xalqaro miqyosda e’tirof etilishini anglatadi», dedi Toshkentdagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov.

Toshkent shahridagi Inha universiteti «Universitetning asosiy faoliyati va bugungi kunda erishayotgan natijalarining milliy va xalqaro sifat standartlariga muvofiqligining rasmiy e’tirofi»ga sazovor bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va logistika sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda, shuningdek, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish sohasida zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun muvaffaqiyatli IT-kadrlar bo‘lishga intilayotgan yoshlarga bilim va tajribani yetkazishga barcha sa’y-harakatlarni yo‘naltirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring