Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

Xalq banki xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi

Foto: Bank axborot xizmati

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro standartlar bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Bu nim uchun muhim?

ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining asosiy maqsadi iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tizimdir. Mazkur xalqaro standartning joriy qilinishi bankda ish jarayonlarini amalga oshirish mezonlari va mijozlarning bankka bo‘lgan munosabatini tahlil qilib borishga zamin yaratadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirishga omil bo‘ladi.

Foto: Bank axborot xizmati

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki – mamlakatning qadimiy banklaridan biri.  Bank kundalik muammolardan tortib eng muhim masalalargacha oddiy va qulay yechimlarni taqdim etgan holda, fuqarolar va kompaniyalarga o‘z faoliyatlarini yaxshilashga yaqindan ko‘maklashmoqda. Shu sababdan ham Xalq banki o‘z faoliyatida to‘lig‘icha o‘z mijozlarining talab va istaklarini qondirishga intilmoqda. Bu ham bank rivojining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan.  

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida bank-moliya sohasida xalqaro tajribani hisobga olgan holda, bank tavakkalchiligini baholash mexanizmlari takomillashtirilib, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning zamonaviy tamoyillari joriy etilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring