Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri bo‘ylab ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkent shahri bo‘ylab ichimlik suvi o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

2021-yil kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazkich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining ba’zi hududlarida ichimlik suvi bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi kuzatiladi.

Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» ma’lum qildi.

Jumladan:

— Yakkasaroy tumani bo‘yicha - (6-sentyabr soat 09:00 dan 21:00 gacha) Nukus ko‘chasi bo‘ylab, Glinka ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha, Abdulla Qahhor ko‘chasi bo‘ylab, Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha, Torobiy ko‘chasi, va Damariq tor ko‘chasi (qisman).

Shuningdek, shu tumanda (4-oktyabr soat 09:00 dan 5 oktyabr soat 09:00 gacha) Tafakkur ko‘chasi (qisman), Bog‘idil tor ko‘chalari bilan birga, Shams Kulol tor ko‘chalari bilan birga;

— Olmazor tumani bo‘yicha - (7 sentyabr soat 09:00 dan 8 sentyabr soat 09:00 gacha) Ibrohim ota, Chuqursoy, Gulzor, Paxta, Nihol, Moyariq va Beshqo‘rg‘on mahallalari.

Shuningdek, shu tumanda (16-sentyabr soat 23:00 dan 17-sentyabr soat 06:00 gacha) Shifonur ko‘chasidagi 1, 1a, 2a, 3a, 19-sonli ko‘p qavatli uylar, Qora-Qamish -1/1 dahasi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 28-sonli ko‘p qavatli uygacha, Qora-Qamish-1/2 dahasi 1-a-sonli ko‘p qavatli uydan 9-a-sonli uygacha, 2-b-sonli ko‘p qavatli uydan 13-b-sonli ko‘p qavatli uygacha, Qora-Qamish-2/5 9-sonli ko‘p kavatli uy.

20-sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha Beruniy, Mirza G‘olib, Xislat, Shifokorlar, Beshqo‘rg‘on, Moyqo‘rg‘on, Chig‘atoy-Oqtepa mahallalari, ToshDU-ToshTU, Tibbiyot shaharchasi, Olimpiya, Xo‘jayev mavzelari, Toshkent Davlat Texnika universiteti, ToshDavTA-2, Non ishlab chiqarish sexi;

— Uchtepa tumani bo‘yicha - (8-sentyabr soat 09:00 dan 9 sentyabr soat 09:00 gacha) Cho‘ponota mahallasi, Chilonzor 25-dahasi.

Shuningdek, shu tumanda (15-sentyabr soat 09:00 dan 16 sentyabr soat 09:00 gacha) Chilonzor 23 mavzesi 14, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 41, 42, 57 – sonli ko‘p qavatli uylar, 12 mavze 7-a – sonli ko‘p qavatli uy, 26 mavze 1, 2, 3, 11, 12, 24, 27, 28, 29, 30, 31, 35 – sonli ko‘p qavatli uylar, 24 mavze 1–sonli ko‘p qavatli uydan 24 – sonli ko‘p qavatli uygacha, 42 – sonli ko‘p qavatli uydan 53 – sonli ko‘p qavatli uygacha.

20-sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha Shaftolizor mahalla (qisman).

22-sentyabr soat 09:00 dan 23 sentyabr soat 09:00 gacha Shofayz mahallasi, Mannon Uyg‘ur , Quyosh Nuri, Zakovat, Mars, Jamshid, Ali Qushchi, Shu’la, Qashqariy, Zafariy, Dilnoz, Ibrat, Lochin, Dilkash, Durbek, Xondamir, Asqad Muxtor, Quvnoq , Bayram, Degrez ko‘chalarida, Degrez 8-tor kuchasi.

7-oktyabr soat 23:00 dan 8 oktyabr soat 06:00 gacha Qor yog‘di mahallasi;

— Sergeli tumani bo‘yicha - (13-sentyabr soat 09:00 dan 14 sentyabr soat 16:00 gacha) Nilufar va Ittifoq mahallalari;

Shuningdek, shu tumanda (23-sentyabr soat 23:00 dan 24 sentyabr soat 06:00 gacha) Sergeli-8 dahasidagi 16-qavatli 3- va 4-sonli uylar.

28-sentyabr soat 09:00 dan 29 sentyabr soat 09:00 gacha Qipchoq, Daryo bo‘yi mahallalari, Nilufar 3-tor ko‘chasidagi 1, 3, 5, 7, 31, 33-sonli ko‘p qavatli uylarda; 2, 4, 6, 8, 9, 10, 11, 13, 15, 17, 19, 21, 23, 25, 27, 29-sonli 2-qavatli uylar;

— Yangihayot tumani bo‘yicha - (13-sentyabr soat 09:00 dan 14 sentyabr soat 16:00 gacha) Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yorqin hayot, Xushnud, Yo‘ldosh, Fayzli, Chortoq, Iqbol mahallalari, Yangihayot tumani hokimiyati, Tug‘ruqxona, Lutfkor ko‘chasidagi xususiy xonadonlar, Non ishlab chiqarish sexi-1 dona;

— Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha - (14-sentyabr soat 09:00 dan 15-sentyabr soat 09:00 gacha) Qorasuv- 6 dahasi, Rishton tor ko‘chalari bilan birga, Avayxon tor ko‘chalari bilan birga, Gyote, Qorasuv ko‘chalarida;

Shuningdek, shu tumanda (30-sentyabr soat 09:00 dan 30-sentyabr soat 21:00 gacha) orasuv -1 mavze 14, 15, 36, 45, 46-sonli ko‘p qavatli uylar, Qorasuv -3 mavze 13, 14-sonli ko‘p qavatli uylar, 1- va 2- tor Avayxon ko‘chalari;

— Suv bosimi kamayadi: Qorasuv - 1 mavze 24-sonli ko‘p qavatli uydan 35, 37-sonli ko‘p qavatli uylargacha; Qorasuv - 6 mavze 16, 17, 19, 19a, 19b, 19v, 21, 22, 23, 24, 26-sonli ko‘p qavatli uylarda, Avayxon ko‘chasi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 15-sonli ko‘p qavatli uygacha, Gyote ko‘chasidagi 54-sonli ko‘p qavatli uygacha.

4-oktyabr soat 23;00 dan 5 oktyabr soat 06:00 gacha Mustaqillik, Lashkarbegi, Nur, Oqibat, Shahrisabz mahallalari.

7-oktyabr soat 09:00 dan 8 oktyabr soat 16:00 gacha "Nuroniylar" jamiyati, O‘zbekiston va Le Grand Plaza mehmonxonalari;

— Shayxontohur tumani bo‘yicha - (15-sentyabr soat 23:00 dan 16-sentyabr soat 06:00 gacha) Ibn-Sino-1, 2, Beltepa, Jarariq dahalari, Zafarobod, Beltepa, Shodlik mahallalari, Ko‘ksaroy ko‘chasi, Soyguzar tor ko‘chalari bilan birga, Jarariq tor ko‘chalari bilan birga.

Shuningdek, shu tumanda (20-sentyabr soat 09:00 dan 21 sentyabr soat 16:00 gacha) Beltepa mahallasi (qisman);

— Yashnobod tumani bo‘yicha - (16-sentyabr soat 09:00 dan 17 sentyabr soat 09:00 gacha) 22-sonli Avia shaharchasi, Mahtumquli ko‘chasidagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda hamda tuman prokuraturasi;

— Qibray tumani bo‘yicha - (27-sentyabr soat 09:00 dan 28 sentyabr soat 21:00 gacha) Bobur, Oybek mahallalari, Ortopediya Markazi, Toshkent Davlat Agrar universiteti.
Shuningdek, shu tumanda (29-sentyabr soat 09:00 dan 30 sentyabr soat 21:00 gacha) Salar GES, Obod, O‘nqo‘rg‘on, Farovon mahallalarida;

— Yunusobod tumani bo‘yicha - (28-sentyabr soat 23:00 dan 30 sentyabr soat 06:00 gacha) Sharq Haqiqati, Islomobod mahallalari.

Shuningdek, shu tumanda (4 oktyabr soat 23:00 dan 5 oktyabr soat 06:00 gacha) Niyozbek yo‘li 6-tor ko‘chasi, 39-sonli ko‘p qavatli uy.

6-oktyabr soat 23:00 dan 7-oktyabr soat 06:00 gacha Otchopar» mahallasi, Yunusobod -2, 3, 13-mavzelari;

— Chilonzor tumani bo‘yicha - (5-oktyabr soat 09:00 dan 6-oktyabr soat 09:00 gacha) Charx Kamolon-1, Charx Kamolon-2, Charx Kamolon-3, Chilonzor mahallalari, Muqimiy ko‘chasi, Chilonzor - 2, 3, 4, 5, 6, 7, "Ye", "S" mavzelarida, shahar prokuraturasida vaqtincha cuv ta’minoti to‘xtatiladi.

Shuningdek, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring