Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari poytaxt aholisiga murojaat yo‘lladi (video)

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari poytaxt aholisiga murojaat yo‘lladi (video)

Foto:«Parliament.gov.uz»

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov o‘zining «Facebook»dagi sahifasi orqali poytaxt aholisiga videomurojaat yo‘lladi.

«Hurmatli Toshkent aholisi va shahrimiz mehmonlari!

Men Jahongir Ortiqxo‘jayev rahbarligidagi shahar hokimiyatining yangilangan komandasida ish boshlaganimga mana bir oydan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Menga ma’suliyatli lavozim - ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va yoshlar siyosati sohalarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy masalalar bo‘yicha hokim muovini vazifasi ishonib topshirildi.

Biz katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi. Samarali natijalarga erishish uchun, real imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda, biz o‘zimiz uchun uchta eng muhim prinsipni belgilab oldik - bu shaffoflik, halollik va Toshkent aholisi manfaatlari yo‘lida ish yuritish.

Biz fuqarolarimizning faolligi yuqori ekanligini kuzatib turibmiz va barchamiz uchun foydali bo‘lgan aloqalarni barpo etishda ijtimoiy tarmoqlarni kuchli vosita, deb hisoblaymiz.

Bu kabi video murojaatlar, muntazam ravishda o‘tkaziladigan so‘rovnomalar, bajarilgan ishlar haqida hisobotlar va aholi talablariga javob qaytarish muntazam ravishda amalga oshiriladi va bizga har doim aloqada bo‘lishga imkon beradi», - deb yozgan Elbek Shukurov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring