Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini 2009-yilda tamomlagan.
2013-2015-yillarda - «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi, 2017-yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter