Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Toshkent shahar hokimidan xafa ekanligini ma’lum qildi

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Toshkent shahar hokimidan xafa ekanligini ma’lum qildi

Foto: «Xs.uz»

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasida «O‘zbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov davra suhbatida Toshkent shahar hokimligi 2017 yil avgustdagi prezident qarori ijrosini 5 yildan buyon paysalga solib kelayotganini ta’kidladi.

«Men Toshkent shahri hokimidan juda xafaman. To‘g‘ri, shaharda juda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti, buni biz hamisha e’tirof etamiz, har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Biroq prezidentimizning 2017 yil 10 avgustda «O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

To‘rtta banddan iborat qarorda Toshkent shahar hokimligiga Toshkent shahrining Islom Karimov ko‘chasidagi 15-a-uydan uyushma uchun joy berish vazifasi yuklatilgan. Mana, oradan qariyb besh yil vaqt o‘tdi. Lekin haligacha uyushmaga joy ajratilgani yo‘q. Haligacha ijarada o‘tiribmiz» — dedi u.

Uyushma raisi qarorning boshqa bandlari ham bajarilmaganini aytib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring