Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent uchun alohida belgilangan qonun bekor qilindi

Toshkent uchun alohida belgilangan qonun bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi qonun bekor qilinadi;

2024-yil 1-yanvardan ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;

2023-yil 1-avgustdan soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi;

2023-yil 1-iyundan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring