Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Markaziy vokzali avvalgidek ishlay boshlaydi

Toshkent-Markaziy vokzali avvalgidek ishlay boshlaydi

16 oktyabr sanasidan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 15 sentyabridan 15 oktabr sanasigacha To‘qimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar ma’lum muddat ichida Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgan edi.

16 oktyabr sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob», tezyurar «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» poyezdlari va «Toshkent — Volgograd — Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 oktabr sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring