Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus haydovchilari qancha maosh oladi? Metro mashinistlari-chi?

Toshkentda avtobus haydovchilari qancha maosh oladi? Metro mashinistlari-chi?

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Toshkent metrosiga press-tur tashkil qilingani haqida xabar berib o‘tgandik.

Rasmiylar ushbu press-turda qator savollarga, jumladan poytaxtda avtobus va metro haydovchilari qancha maosh olishi masalasiga ham izoh berib o‘tishdi. 

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, avtobus haydovchilarining maoshi bugungi kunda 3-3,5 million so‘mni tashkil qiladi. 

Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulovning Xabar.uzga ma’lum qilishicha, metro mashinistlarining ham o‘rtacha maoshi 3-3,5 million so‘mdir. Ayrim yuqori malakali ishchilarga 4 million so‘mdan oshiq to‘lanadi. Oddiy metro xizmatchilarining oyligini qo‘shib hisoblaganda, tashkilotda o‘rtacha maosh 2,1 million so‘m, deydi metropoliten rahbari. 

 «Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulov. Foto:«Xabar.uz»

Yodingizda bo‘lsa, Toshkent metrosi 2020-yil 21-martdan 15-avgustga qadar karantin chora-tadbirlari sabab yopilgandi. Ushbu oylarda ham xodimlarga oylik maoshlar to‘liq to‘lab berilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring