Toshkent metrosida 58 yashar ayol temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi
Bugun taxminan soat 16:00 da «Paxtakor» metro bekatida 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga xech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U o‘zini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta’kidladi.
Mazkur holat metropoliten poyezdlarining xarakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter