Tomorqasiga ekin ekmaydiganlar soliqni ancha ko‘p to‘laydi
2018-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartibiga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi.
Mutaxassis bilan uyushtirilgan intervyuda xonadonlarga solinadigan soliq hajmi qanday holatlarda ortishi haqida ma’lum qilingan. Xususan, tomorqasidan samarali foydalanmayotgan jismoniy shaxslar aniqlangan taqdirda, ulardan ushbu yer uchastkalari uchun yer solig‘i 3 barobar miqdoridagi stavkada undirilishi belgilangan.
Mahalla faollari xonadonma-xonadon yurib, tomorqa yer uchastkasiga ega bo‘lgan uylarni o‘rganadi hamda ekin ekilmagan holat bo‘yicha har bir yer uchastkasi egasiga soliqni 3 barobar stavkada to‘lash lozimligi tushuntiradi va yozma to‘lov-xabarnoma beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter