Tolibon O‘zbekiston orqali o‘tgan sifatsiz benzinni qaytarib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston hukumati sifati past bo‘lgani uchun 120 tonna neft mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bojxona qo‘mitasining mazkur holatga oydinlik kiritishicha, «voqelik biroz noto‘g‘ri talqin qilinmoqda».
Qayd etilishicha, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va O‘zbekiston hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.
«Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024 yil 6 aprel kuni «Ayritom» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan», – deyiladi Bojxona qo‘mitasining rasmiy axborotida.
Qo‘mita, o‘z navbatida, ijtimoiy faol qatlamdan har ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatni inobatga olib, bu kabi axborotlarni tarqatishdan oldin sinchiklab o‘rganish lozimligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter