Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokioga tabiiy ofat xavf solmoqda: bu Olimpiadaga ta’sir qiladimi?

Tokioga tabiiy ofat xavf solmoqda: bu Olimpiadaga ta’sir qiladimi?

Foto: «Yandex»

Hozirda 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Yaponiya poytaxti Tokioga «Nepartak» tayfuni yaqinlashmoqda. Tabiiy ofat o‘zi bilan kuchli yomg‘ir va baland to‘lqinlarni olib keladi. Bu haqda mamlakat meteorologiya boshqarmasiga tayanib NHK telekanali xabar berdi.

Hozir «Nepartak» tayfuni Yaponiya janubida, Tinch okeanidagi Bonin orollari (Ogasavara) hududida joylashgan. Orollar hududida shamol tezligi 20 m/s.ni tashkil etadi, ammo tabiiy ofat Tokioga yaqinlashgan sari shamol tezligi kuchayib boraveradi.

Tayfun mamlakatning sharqiy qirg‘og‘iga yaqinlashganda, shamol to‘lqinlarni 6-8 metrgacha ko‘tara boshlaydi. Tokioda yog‘ingarchilik 100-150 mm bo‘lishi kutilmoqda.

Olimpiada tashkiliy qo‘mitasida e’lon qilinganidek, yaqinlashib kelayotgan tayfun tufayli musobaqalar jadvali o‘zgartirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring