Tokio-2020: 3 nafar para suzuvchimiz finalga chiqdi. Endi ular medallar uchun kurashadi
Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ilk kunida erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islam Aslanov, ayolar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida startga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Quvonarlisi, Islam Aslanov 26.35 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo‘jayev 3-o‘rinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Shoxsanamxon Toshpo‘latova 30.79 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egallagan holda final yo‘llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzoxidova hamda Muslima Odilova saralashdan o‘ta olmadi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanishi ma’lum qilingan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter