Tojikistonliklar Rossiyaga kirishda ko‘plab rad javobini olmoqda — TIV
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolarining Rossiyaga kirishini rad etish bo‘yicha ommaviy holatlar haqida ma’lumot berdi.
Bu haqda Dushanbeda Rossiya elchisi Semyon Grigorev bilan uchrashuv chog‘ida aytildi, deya xabar beradi Tojikiston TIV axborot va matbuot departamenti.
Tojikiston TIV so‘nggi haftalarda mamlakat fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tishda qiyinchiliklarini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni kelgusida mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan.
Avvalroq 21 yoshli tojikistonlik Moskvadagi terakt sabab ushlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter